2013-yilda mustahkam shifer ishlab chiqarishdan boshlangan yo'limiz — bugun Markaziy Osiyoning yetakchi fasad dekor kompaniyasiga aylandi.
Mega Stroy Building 2013-yilda o'z faoliyatini mustahkam va sifatli shifer ishlab chiqarish bilan boshladi. Dastlabki kunlardan boshlab kompaniya uchun sifat ustuvor qadriyat bo'ldi. Har bir bosqich biz uchun o'sish va rivojlanish maktabi bo'ldi.
O'tgan yillar davomida kompaniyamiz qurilish materiallari bozorida ishonchli brendga aylanish uchun tinimsiz izlandi, tajriba orttirdi va mijozlar ishonchini qozondi. 10 000 dan ortiq muvaffaqiyatli loyiha amalga oshirildi.
Zamonaviy uylar, davlat korxonalari, ta'lim muassasalari, restoran, villa va zamonaviy bino ko'rinishini ta'minlovchi FASAD DEKOR yo'nalishi ishga tushirildi. Individual yondashuv — har bir mijoz uchun hohlagan rangi, razmeri, fasoni va materiali asosida loyihalash.
2026-yil kompaniyamiz tarixida yangi bosqich. Mahsulotlarni zamonaviy Eron texnologiyalari asosida ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Faqat texnologiyani emas — Eronlik malakali muhandislarni ham jalb qilib, ishlab chiqarish jarayoniga to'liq joriy etdik. Bu sifat, mustahkamlik va ishonchlilikni yangi darajaga olib chiqdi.
Har bir muvaffaqiyatli loyiha ortida kuchli jamoa va mustahkam qadriyatlar turadi.
Asbest (inson sog'lig'i uchun zararli tog' jinsi) ishlatilmaydi. PM 2,5 zarrachalar hosil qilmaydi. O'zbekiston tabiiy muhitini asrab-avaylash — bizning mas'uliyatimiz.
Eron muhandislari bilan hamkorlikda joriy etilgan texnologiya mahsulot sifatini yangi darajaga ko'tardi. Chet el bo'yoqlari va zamonaviy dekordan foydalanish ustun qo'yilgan.
O'zbekistonning bahorgi-qishki havoini inobatga olgan holda: issiqqa va sovuqqa chidamli, asbest panellariga nisbatan egiluvchanligi ortiq. Germaniya, Avstriya, Yaponiya ham xuddi shunday texnologiyadan foydalanadi.
Har bir mijoz uchun hohlagan rangi, razmeri, fasoni va materiali asosida zamonaviy va estetik bino fasadlarini loyihalash. Har bir obyekt nafaqat chiroyli, balki zamonaviy arxitektura talablariga mos.
100 nafar malakali xodim, har bir loyiha ustida mas'uliyat va fidoyilik bilan ishlaydi. Kelajakda ish o'rinlarini yanada ko'paytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish niyatidamiz.
Yevropa va Rossiyalik dizaynerlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda. Ustalarimiz xorijiy tajriba asosida faoliyat yuritadi. Har bir loyihamizda global darajadagi yechimlar aks etadi.
Hozirgi O'zbekiston tabiatining ekologik ifloslanishi va changini hisobga olgan holda, biz faqat ekologik toza mahsulot ishlab chiqaramiz. Mahsulotimiz o'zidan PM 2,5 zarrachalar (chang) hosil qilmaydi.
Inson sog'lig'i uchun zararli tog' jinsidan mutlaqo foydalanilmaydi. Sog'lig'ingiz — bizning ustuvorligimiz.
Mahsulotimiz ishlatilishi davomida havoni ifloslantiruvchi mayda zarralar ajratmaydi.
Rang va dekorda faqat sertifikatlangan chet el materiallari ishlatiladi. Uzoq muddatli rang saqlanishi kafolatlangan.
O'zbekistonning keskin kontinental iqlimiga maxsus moslashtirilgan. Bahorgi-qishki harorat o'zgarishlariga bardosh beradi.
Kelajakda FASAD DEKOR yo'nalishini yanada rivojlantirib, Markaziy Osiyoda o'ziga xos arxitektura yechimlari bilan ajralib turadigan yetakchi brendga aylanishni maqsad qilganmiz.
Dunyo fasad dekor sanoatidagi eng so'nggi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va yangi mahsulot qatorlarini kengaytirish.
Yevropa, Rossiya va Eron hamkorlarimiz bilan aloqalarni mustahkamlash. Xalqaro bozorga chiqish va eksportni yo'lga qo'yish.
Dizayn va qurilishda Germaniya, Avstriya, Yaponiya kabi mamlakatlar standartlarini O'zbekiston bozoriga olib kirish.
Har bir mijozga keng va individual yondashuv: loyihalashdan o'rnatishgacha bo'lgan to'liq xizmat paketi. Har bir loyihani mukammallik darajasiga olib chiqish.
" Bizning kuchimiz bu — Jamoa! Har bir muvaffaqiyatli loyiha ortida kuchli jamoa turadi. Biz qo'ygan har bir yangi qadam, erishgan har bir yutuqimiz — eng avvalo jamoamizning yutuqidir.— Mega Stroy Building, 2013